Bugun 11-noyabr Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Xalqaro press-klub, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Toshkent viloyati hokimligi hamda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Nurafshon shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Jurnalistlar bogʻi” tashkil etilib, koʻchat ekish aksiyasi boʻlib oʻtdi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi barcha jurnalistlarni bir manzilda birlashtirdi. “Jurnalistlar bogʻi” nomi bilan obod boʻlayotgan yana bir manzilda
ommaviy axborot vositalari vakillari, davlat va nodavlat teleradiokanallar, shu jumladan, veb-saytlar, blogerlar ishtirok etishdi.
Gulichehra DURDIYEVA,
"Yangi Oʻzbekiston" muxbiri