Bu haqda Prezidentining “Navoiy xalqaro aeroporti faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ–50-son, 09.02.2026-y.) da belgilandi.
Qarorga koʻra, quyidagilar Navoiy xalqaro aeroportida loyihaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish natijasida erishiladigan asosiy maqsadli koʻrsatkichlar etib belgilandi:
2030-yilga kelib:
- aeroportda amalga oshirilayotgan parvozlar sonini 2,3 barobarga oshirib, yiliga 7 mingtaga yetkazish;
- yoʻlovchi tashish hajmini yiliga 150 ming nafarga hamda yuk tashish hajmini 45 ming tonnaga yetkazish.
“Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ ijro etuvchi organiga quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqi beriladi:
oʻz daromadlari hisobidan aviatsiya xizmatlari eksportini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha xizmatlar turlarini kengaytirish;
havo kemalariga aviayonilgʻi quyish va xorijiy aviatashuvchilar tomonidan olib kelingan aviayonilgʻini saqlash boʻyicha jahon aviatsiya bozori konyunkturasiga mos tariflarni belgilash.