Turnirda jahoning 9 nafar eng yaxshi shaxmatchilari qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabariga koʻra, shaxmatchimiz bugun ilk oʻyinida rossiyalik Yan Nepomnyashiyga qarshi dona suradi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur turnir mukofot jamgʻarmasi 130 ming yevroni tashkil etadi.