Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat toʻliq stavkada faoliyat yuritadi

    Oilaviy poliklinikadan 10 kilometrdan uzoq masofada joylashgan mahalla fuqarolar yigʻinlarida yashovchi aholi uchun tibbiyot xodimlarining sayyor tibbiy xizmati yoʻlga qoʻyiladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimida quyidagilar yoʻlga qoʻyiladi, jumladan:

    oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari, shu jumladan, ularga filial sifatida biriktirilgan muassasalar hamda mahalla tibbiyot punktlari biriktirilgan aholi sonidan kelib chiqib, yuridik maqomga ega oilaviy poliklinikalarga hamda ularning filiallariga aylantiriladi;

    • oilaviy poliklinikalarda aholiga tibbiy yordam koʻrsatuvchi oilaviy shifokor, pediatr, akusher-ginekolog va tashxislash xizmatlarini koʻrsatuvchi mutaxassislar, shuningdek, autsorsing asosida stomatologiya xizmati yoʻlga qoʻyiladi;
    • aholiga oilaviy shifokorni erkin tanlash huquqi beriladi.

    Shuningdek, tibbiyot brigadasiga 3 ming nafar, zarur hollarda, belgilangan meʼyorlarga qoʻshimcha aholi biriktirilishi mumkin. Bunda 2030-yilga qadar 1 tibbiyot brigadasiga koʻpi bilan 1,7 ming nafar aholi biriktirilishi strategik maqsad etib belgilanadi.

    Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat toʻliq stavkada faoliyat yuritadi.

    Oilaviy poliklinikadan 10 kilometrdan uzoq masofada joylashgan mahalla fuqarolar yigʻinlarida yashovchi aholi uchun tibbiyot xodimlarining sayyor tibbiy xizmati yoʻlga qoʻyiladi.