Xususan, o‘tgan  yili Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining maslahat poliklinikasiga 59307 nafar bemor murojaat qilgan va bu 2021 yilga nisbatan mingta ko‘p ko‘rsatkichdir. 

Qolaversa, ularning 1362 nafari chet davlatlardan kelgan fuqarolardir. 

O‘tgan yil davomida markaz bo‘limlarida 7548 nafar bemor stasionar sharoitda davolangan. 

2021 yilda esa markaz klinikasida jami 6890 bemor stasionar sharoitda muolaja olgan va bu ko‘rsatkich 2022 yilda 9,5 foizga ortgan.

Ma’lumot uchun, markaz tarkibida 70 qatnovga mo‘ljallangan maslahat poliklinikasi, 160 o‘rin-joyga ega 6 ta stasionar, 4 ta klinik va 2 ta yordamchi bo‘lim hamda 6 ta laboratoriya faoliyat yuritmoqda.

Muassasada jami 71 nafar shifokor, 155 nafar hamshira va 75 nafar kichik tibbiyot xodimi ishlaydi. Mutaxassislardan 5 nafari professor, 10 nafari fan doktori, 28 nafari fan nomzodi ilmiy darajasiga ega.