Unda Vladimir Norovning uzoq yillik tajribasi tayinlovda inobatga olingani e'tirof etildi.
O'z navbatida yig'ilishda ayrim tanqidiy masalalar ham ko'rib chiqildi. Jumladan, Sardor Umurzakov o'zbek diplomatiyasi oldida turgan asosiy muammolar Prezident Shavkat Mirziyoevni tashvishga solayotganini ta'kidladi. Tashqi xavf-xatarlarni oldindan aniqlash, ularga qarshi munosib diplomatik choralar ko'rish lozimligi, xorijiy hamkor davlatlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish hamda xorijdagi yurtdoshlarimiz huquqlarini himoya qilish — o'zbek diplomatiyasining eng asosiy vazifalari ekanligi qayd etildi.
Shuningdek, O'zbekistonda o'tkazilishi kutilayotgan eng katta xalqaro tadbirlar — sentyabr` oyidagi SHHT sammiti, noyabr` oyidagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlarini yuqori darajada o'tkazish bo'yicha ham tegishli ko'rsatmalar berildi.