Bu haqda “Oʻzgidromet” rahbari Sherzodxoʻja Habibullaxoʻjayev oʻzining Facebook sahifasida maʼlum qildi.
Ushbu sanalarda kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining keskin oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:
Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining togʻlari);
Namangan viloyati Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.
Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraldi.