Bu haqda “Oʻzgidromet” rahbari Sherzodxoʻja Habibullaxoʻjayev oʻzining Facebook sahifasida maʼlum qildi.

Ushbu sanalarda kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining keskin oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:

Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining togʻlari);

Namangan viloyati Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.

Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraldi.