Unda 2025 yilning sentyabr` oyiga qadar Shayxontohur tumani prokurori yordamchisi lavozimida ishlagan, hozirda Uchtepa tumani prokurori yordamchisi bo'lgan mansabdor shaxs xizmat mavqeidan foydalangan holda, yakka tartibdagi tadbirkorga SHayxontohur tumanida joylashgan 2 ta uyning erto'la qismidagi noturar maydonlarni ijaraga olib berganligini ro'kach qilib, undan 15 ming AQSh dollarini o'ziga tegishli avtomashinada olib, hodisa joyidan qochishga uringan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan mazkur prokuror yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo'llanildi.