"Qanot Sharq"ning yangi samolyoti taqdimoti bo'lib o'tdi

    Ushbu model sig'imli bo'lib, undan davomli parvozlarda foydalaniladi.

    O'zbekistonning birinchi xususiy aviakompaniyasi bo'lmish "Qanot Sharq" o'zining aviaparkini yangi samolyotlar bilan to'ldirish maqsadida Amerikaning Air Lease Corporation lizing kompaniyasi bilan kelishuv imzolagan edi.

    Turizm va madaniy meros vazirligi ko'magida "Qanot SHarq" mahalliy aviakompaniyasi tomonidan lizingga sotib olingan ikkita samolyotdan biri — Airbus A321neo poytaxt aeroportiga yetib keldi.

    Bu model sig'imli bo'lib, undan davomli parvozlarda foydalaniladi. Yangi samolyot Vetnam va Tailandga ilk parvozlarini amalga oshiradi.

    Ikkinchi Airbus A321neo samolyoti bir oydan so'ng yetib keladi. Uning sig'imi 240 yo'lovchi o'rindig'iga mo'ljallangan. Unda besh soatdan sakkiz soatgacha davom etadigan parvozlar amalga oshiriladi.