“Flynas” aviakompaniyasi Namangandan Jiddaga qatnovlarni amalga oshirishni boshladi

    Transport 17 Oktabr 2023 782

    16-oktabr kuni “Flynas” aviakompaniyasi havo kemasi ilk bor Jiddadan Namangan xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi.

    Bu xaqda Transport vazirligi axborot xizmatining maʼlumot berdi.

    Anʼanaga muvofiq havo kemasi aeroportda suv arkasi hosil qilingan holda kutib olindi. Aviakompaniyaning A 320 Neo rusumli havo kemasi ilk bor Jidda – Namangan – Jidda yoʻnalishida parvozni amalga oshirdi.

    Aviakompaniya tomonidan Jidda – Namangan – Jidda yoʻnalishidagi parvozlar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.