2023-yil 16-yanvar kuni taxminan soat 22:00lar chamasida Qarshi shahar “Nasaf” MFY hududida joylashgan “Orginal” savdo majmuasi roʻparasida Qarshi shahrida yashovchi fuqaro F.U. piyodalar oʻtish yoʻlagidan oʻtayotgan vaqtida nomaʼlum avtomashina uni urib yuborib hodisa sodir boʻlgan joydan ketib qolgan.

Hodisada tan jarohati olgan fuqaro F.U. shifoxonaga yotqizildi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu yoʻl-transport hodisasini Kasbi tumanida yashovchi fuqaro N.M. boshqaruvida boʻlgan “Neksiya-3” rusumli avtotransport vositasida sodir qilgani aniqlandi.

Hozirda ushbu YTH yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan boʻlib, tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda