Sizda COVID-19 bor yoki yo'qligini tekshirish mumkin bo'lgan eng oddiy usul

    Hid bilish sezgisining yo'qolishi COVID-19ning o'ziga xos alomatlaridan biri ekanligi to'g'risida ilmiy dalillar ko'payib borayotgan bir paytda, Pensil`vaniya universiteti (AQSH) olimlari o'zlarini har kuni hid bilish orqali tekshirishni taklif qilishdi.

    Mutaxassislar yaqinda koronavirusga chalingan 40 mingdan ziyod odamlarda so'rov o'tkazdi, natijada ular hidlash qobiliyatini to'satdan yo'qotish isitma yoki yo'taldan ko'ra kasallikning yaxshiroq va eng aniq prognozi ekanligini ma'lum qildi.

    O'z tashabbuslariga e'tiborni jalb qilish maqsadida mutaxassislar Stop. Smell. Be Well (To'xta! Hidla! Sog' bo'l!) deb nomlangan veb-sayt ishlab chiqdi. Bu odamlarni hidni sinovdan o'tkazishni kundalik ishlariga aylantirishga undaydi. Olimlarning fikriga ko'ra, bu usul yuqumli kasallik tarqalishining oldini oladi.

    Mutaxassislar fikricha, to'satdan hidni yo'qotish bo'yicha muntazam tekshiruvlar COVIDning yo'tal, isitma, nafas qisilishi va boshqa aniq belgilari bo'lmagan taqdirda bemorlarni tezda aniqlashga yordam beradi. Bu usul bemorlarni tezda o'zlarini yakkalashi va boshqalarga yuqtirmasliklariga imkon beradi.

    Saytda ta'kidlanishicha, sinov uchun o'zingizga tanish va siz yoqtirgan qahva, taom, gullar, parfyumeriya, shampun va atirlarni ishlatishingiz mumkin.
    Kundalik oddiy hid bilish ko'nikmasi orqali o'z-o'zini nazorat qilish odamda COVID-19 borligini taxmin qilishda samarali vosita bo'lishi mumkin, bu kasallik tarqalishini kamaytiradi va vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilishga turtki beradi.