Nizomga koʻra, bemorlarga zarur ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni oʻz vaqtida toʻliq koʻrsatishni taʼminlash maqsadida ular bir tibbiyot muassasasidan boshqa tibbiyot muassasasiga oʻtkaziladi.

Bemorlar boshqa tibbiyot muassasasiga oʻtkazish jarayonida tibbiyot muassasasini zarur tibbiy yordamni koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan tibbiyot muassasalari orasidan erkin tanlash huquqiga ega.

Bemorlarni boshqa tibbiyot muassasasiga oʻtkazish shifokor tomonidan berilgan tibbiy koʻrsatmaga asosan amalga oshiriladi.

Bemorlar uchun zarur tibbiy uskunalar yoki mutaxassislar boʻlmaganda, shuningdek, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam boshqa tibbiyot muassasasida koʻrsatilsa, tibbiy koʻrsatma beriladi.

Bemorlarni boshqa tibbiyot muassasasiga oʻtkazishdan oldin qabul qiluvchi tibbiyot muassasasasining boʻsh oʻrinlari, zarur tibbiy uskunalar, mutaxassislar mavjudligi aniqlanadi.

Bemorlar hayotiy koʻrsatkichlari barqaror holda, shifokor kuzatuvida boshqa tibbiyot muassasasiga bepul oʻtkaziladi.