Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.” MCHJning sobiq savdo vakili Sh.R. Ishtixon tumani va Kattaqoʻrgʻon shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning ishonchiga kirib, ularga bolalar uchun sutli oziq-ovqat mahsulotlarini oʻn foiz chegirma bilan yetkazib berishni vaʼda qilib, tadbirkorlardan jami 444,6 million soʻm naqd pulini qoʻlga kiritib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.