Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ilk bor “Tibbiyot volontyorlari” forumi tashkillashtirildi. Tadbirda Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari A. Azizov, O'zbekiston YOshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi A. Jumabaev, Toshkent shahar hokimi o'rinbosari D. Rahimova va “Ziyo Forum” ilm-fan va ta'limni rivojlantirish xalqaro jamg'armasi direktori B. Farmonov ishtirok etdi. Forumning asosiy maqsadi tibbiyot sohasida ko'ngillilar harakatini rivojlantirishdan iborat.
Yig'ilish davomida Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari A. Azizov vazirlikning kelgusidagi rejalari va ularni amalga oshirish mexanizmlari va yoshlar bilan hamkorlik qilish ushbu maqsadlarga erishish borasida samarali ekanini ta'kidlab o'tdi.
Tadbir doirasida tibbiyot sohasida ko'ngillilik faoliyatini olib borayotgan “O'zbekiston tibbiyot volontyorlari”, “O'zbekiston fenomen” va “Nafas ol, O'zbekiston” loyihalari koordinatorlari ham so'zga chiqdi.
Forumning ikkinchi qismida yig'ilganlar volontyorlarning birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatish, favqulodda holatlarda yordam ko'rsatish, og'iz bo'shlig'i gigienasi, sun'iy nafas berish kabi mashg'ulotlardan iborat mahorat darslari bilan tanishdi.