Mazkur saylovlar pandemiya davri sharoitida boʻlishini inobatga olgan holda, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2020-yil 26-avgustda qabul qilingan “COVID-19 pandemiyasi davrida boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlar saylovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” bilan tartibga solinadi.

Toshkent shahar Kengashiga boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlari saylovlarini oʻtkazish uchun 6-Choʻpon ota saylov okrugi, 29-Qipchoq saylov okrugi, 36- Yangiobod saylov okrugi, 52-Usta Shirin saylov okrugi, 54-Uch qahramon saylov okruglari tuzilgan va komissiya aʼzolari shakllantirilgan. Mazkur okruglarning tegishli qarorlari bilan jami 73 ta saylov uchastkasi tuzilgan.

Toshkent shahar Kengashining boʻshab qolgan oʻrinlari saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar xarakati-Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasi, Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi va Ekologik partiyalar ishtirok etishiga Toshkent shahar saylov komissiyasi tomonidan ijozat berilgan.