Bojxona xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari va ularning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash borasida tizimli asosda ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Beruniy tumanida tezkor tadbir oʻtkazishdi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro B.Gʻ shartli xaridorga oldindan kelishilgan 20 million soʻm pul evaziga 100 ta konvalyutada  jami 999 dona “TRAMADOL Lannaxer 50 mg.” nomli  tarkibida giyohvandlik vositasi boʻlgan dori vositalarni sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan toʻxtatib qolindi.