Videomuloqotda viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi mutaxassislari, “Konya Ticaret Odası” kompaniyasi rahbari yordamchisi Osman Doğan hamda turk va oʻzbek tadbirkorlari ishtirok etishdi.

Unda sugʻorishda ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, qishloq xoʻjaligi, tekstil, jun va terini qayta ishlash kabi yoʻnalishlarda faoliyat yuritayotgan turk shirkatlari bilan oʻzbek tadbirkorlari hamkorligini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, “Gʻijduvon” maxsus iqtisodiy zonasida yuqoridagi yoʻnalishlarda mahsulotlarni ishlab chiqarish masalalari keng muhokama qilindi.

Videokonferensiyada tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida har bir yoʻnalish boʻyicha alohida guruhlar tashkil etilib, mahalliy tadbirkorlar yoʻnalishlar boʻyicha 2-3 turk shirkatlari bilan biriktirilgan tarjimonlar orqali muloqot olib borishdi. Muloqotlar davomida loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.