Agar emlash vositalari tanqisligi muammosi bartaraf etilsa, 2030 yilga borib, bu ko'rsatkich yana 30 foizga oshishi mumkin.
Biroq oxirgi yillar, xususan, pandemiya davrida dunyo bo'yicha aholining vaktsinalarga bo'lgan ishonchi pasayib borayotgani xavotirli holat. YUNICEF tomonidan e'lon qilingan so'nggi hisobot ushbu muammo tahliliga bag'ishlandi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy so'rovda ishtirok etgan 55 davlatdan 52 tasida uch yil ichida bolalarni emlashga nisbatan jamoatchilik ishtiyoqi pasaygan.
Hindiston, V`etnam, Xitoy davlatlarida immunizatsiyaning ahamiyatini yuqori, Yaponiya, Janubiy Koreya va Papua-Yangi Gvineyada esa aksincha past baholashgan.
Evropa davlatlari o'rtasida Portugaliya, SHvetsiya va Irlandiya aholisining vaktsinalarga ishonchi baland. Xorvatiya, Latviya va Rossiyada esa buning aksi kuzatilgan.
Shunga qaramay, bolajonlarimiz sog'ligi uchun vaktsinalar zarur, deb hisoblovchilar qatlami 80 foizdan yuqori bo'lib chiqdi.
Hisobotda keltirilishicha, 2019-2021 yillar davomida 48 million nafar o'g'il-qiz yuqumli kasalliklarga qarshi vaktsina olmagan. 19 million bola esa to'liq bosqichda emlanmagan.
Bu, turli epidemiyalar, masalan, 2021-2022 yillarda qizamiq bilan kasallanish ko'rsatkichlari ikki baravar ko'payishiga sabab bo'ldi.
Qolaversa, ekspertlar bemorlar soni ortishi Afrika va Janubiy Osiyoda vaktsinalar taqchilligi muammosi bilan ham bog'liq, degan xulosada.
Uch yilda 48 million bola yuqumli kasalliklarga qarshi emlanmagan – YUNISEF
Tadqiqotlarga ko'ra, vaktsinalar yiliga o'rtacha 4,5 million kishining hayotini saqlab qolishga yordam beradi.
Chirchiqda yuk mashinasining yarim tirkamasi ajralib ketib, xonadonga urildi
- Milliy gvardiyaning vazifa va vakolatlari qayta ko‘rib chiqilmoqda
- Dam olish kunlari 22:00 dan 09:00 gacha meʼyordan ortiq shovqin chiqarish taqiqlanadi
- Chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalarining borishi koʻrib chiqildi
- Madaniy merosni asrab-avaylash va xalqaro madaniy hamkorlikni kengaytirish choralari koʻrib chiqildi
- Sirdaryoda reyd vaqtida ekologik inspektor halok boʻldi
- O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining muloqoti Buxoroda davom etadi
- “Chorvoq”da cho‘kib ketgan ota va ikki o‘g‘il hodisasi tafsilotlari ma’lum qilindi
- Bakalavriatni imtiyozli diplom bilan bitirganlarga malaka toifasi beriladi
- Mustaqillik bayrami arafasida fidoyi vatandoshlarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
- Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi