Maʼlumki qurollarni respublikamiz hududiga noqonuniy olib kirish kontrabanda jinoyati hisoblanib, buning uchun jazo muqarrarligi belgilangan. Biroq, bojxona chegaralari orqali  qurol va oʻq dorilarni fuqarolar tomonidan olib oʻtishga boʻlgan urinishlar afsuski uchramoqda.

Yurtimizga oʻtish uchun “Yallama” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvida kirib kelgan “MERSEDES BENS SPRINTER 3” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazilganda, hech qanday hujjatlari boʻlmagan 1 dona MR-654 K Cal 4.5 mm nomli pnevmatik toʻpponcha, 1 dona “BORNER”nomli gaz balon va 1 quti “Vыstrel” nomli 250 dona oʻqlarni borligi aniqlandi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.