Majburiy ijro byurosi Olmazor tuman bo'limi ish yurituvida Toshkent shaxar IIB YHXB ning bir nafar fuqaroga nisbatan  bir qator qarorlariga asosan qarzdor A.Anvarovdan davlat foydasi yul xarakati qoidalariga amal qilmagani sabab yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan  jami 63 ta  ma'muriy bayonnomalar tuzilgan bo'lib, ulardan 50  mln. so'm miqdorida ma'muriy jarimalar  undirish belgilangan.

Mazkur qarorlar ijrosi ta'minlanishi maqsadida, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor fuqaroga tegishli bo'lgan Cobalt rusumli avtotransport vositasini xatlash jarayonida, fuqarodan 63 ta 50 mln. so'm miqdoridagi ma'muriy jarimalar to'liq undirilib, ijro ishi Qonunning 41-moddasiga asosan  tamomlangan. Bu haqida Majburiy ijro byurosi xabar bermoqda.