Bu haqda poytaxtda koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish boʻyicha Toshkent shahar shtabining yigʻilishida maʼlum qilindi.

Shtab yigʻilishida poytaxtimizda toʻy, maraka va marosimlarni oʻtkazishda ham Respublika maxsus komissiyasi qarorlari bilan belgilangan tartib-qoidalar va karantin talablari, sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etilishi boʻyicha nazoratni qatʼiylashtirish belgilandi.

Shuningdek, Toshkent shahar shtabi tomonidan:

- sport musobaqalarini tomoshabinsiz oʻtkazish boʻyicha tegishli choralar koʻrilishi;

-epidemiologik vaziyat yomonlashgan taqdirda joriy yilning 1-aprelidan boshlab ommaviy tadbirlarni vaqtincha toʻxtatib turish yuzasidan Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritishga kelishib olindi.