баннер
21 Mar 2025
23:29

    1 dona qurigan oʻrikning ruxsatsiz kesilishi jarimaga sabab boʻldi

    Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Kasbi tuman boʻlimi xodimlari tomonidan daraxtlarning noqonuniy kesilishining oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

    Viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, oʻtkazilgan navbatdagi nazorat tadbiri davomida tumanning “M.Ulugʻbek“ mahallasi hududida fuqaro (I.H) tomonidan ruxsatsiz 1 dona qurigan oʻrik daraxtini kesganligi aniqlandi.

    Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtK sining 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 9 mln 375 ming soʻm jarima qoʻllanildi.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech