2021-yil 1-fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.
2021-yil 1-fevraldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
➖ mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 soʻm;
➖ bazaviy hisoblash miqdori – 245 000 soʻm etib belgilanadi.
Shuningdek, qaror bilan 2021-yil 1-yanvardan Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi tugatiladi.
Jamgʻarma hisobidan ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilmagan qismi hamda jamgʻarmaning joriy yil oxiriga qoldiq mablagʻlari davlat byudjetiga oʻtkaziladi.
2021-yilda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlari davlat byudjetida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish xarajatlari doirasida moliyalashtiriladi.