Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari oʻz yakuniga yetdi.
Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.