Oʻtkazilgan tezkor tadbirda oldindan shubha ostiga olingan shaxs tegishli ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) tilladan tayyorlangan 5,95 gramm ogʻirlikdagi 1 dona uzukni noqonuniy ravishda sotayotgan vaqtida toʻxtatib qolindi.
Shundan soʻng tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur fuqaroga tegishli savdo shoxobchasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, hech qanday hujjatlari boʻlmagan 1 kg.dan ziyod ogʻirlikdagi zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra qiymati 1 mlrd soʻmni tashkil qiluvchi 1 kg.dan ziyod ogʻirlikdagi zargarlik buyumlari vaqtincha saqlovga olingan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.