Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yana-da liberallashtirish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, milliy mahsulotlarimizni eksport salohiyatini oshirish, mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish va tadbirkorlarga qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida muhim islohotlar oʻtkazilmoqda.

Buni birgina Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Arqbuloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti tomonidan amalga oshirilgan ishlarning raqamlardagi ifodasida koʻrishimiz mumkin. Yaʼni joriy yilning oʻtgan 5 oyi mobaynida bojxona postida 39 535 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilib, ular boʻyicha 1 trln. 583 mlrd.soʻmlik bojxona toʻlovlari davlat byudjetiga oʻtkazildi.

Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida bojxona toʻlovlaridan 1 trln. 147,7 mlrd. soʻmlik imtiyozlar berildi.

Shuningdek, mazkur bojxona postida 12 141 ta bojxona koʻrigi jarayonlari amalga oshirilib, koʻriklar natijasida 229 ta holatda 2 mlrd.633 mln. soʻmdan ortiq qiymatdagi noqonuniy tovarlar borligi aniqlandi. Shuningdek, 1 trln 414,2 mln. soʻmlik qoʻshimcha bojxona toʻlovlari hisoblandi.

Xavfni boshqarish tizimi doirasida tovarlarga rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalariga nazar solsak, ularning 30 foizi qizil, 49 foizi sariq hamda 21 foizi yashil yoʻlaklarda soddalashtirilgan tartibda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazildi.

Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida yaratilgan qulayliklar tadbirkorlar tomonidan, ayniqsa eksportyorlar tomonidan toʻla qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Post xodimlari esa mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarga xamohang tarzda oʻzlariga yuklatilgan xizmat vazifalarini vijdonan, halol bajarib, tun-u kun mamlakatimiz ravnaqi yoʻlida oʻz hissalarini qoʻshib kelishmoqda.

Gulsara GULYAMOVA,

Arqbuloq” bojxona posti katta inspektori