2021-yil 1-yanvardan boshlab:
- soliq organlari tomonidan ilgari faqat jinoyat ishlari doirasida va yuridik shaxsni tugatish munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektlarini soliq auditidan oʻtkazishga taqiq olib tashlanadi;
- boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlarga nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻining oshirilgan soliq stavkalarini qoʻllash tiklanadi;
- qarz beruvchiga foizli daromad toʻlash majburiyatisiz qarz (moliyaviy yordam) taqdim etish chogʻida qayta moliyalashtirish stavkasidan (asosiy stavkadan) kelib chiqqan holda aniqlanadigan daromad foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda jami daromad tarkibiga kiritiladi;
- xodimga moddiy yordam koʻrsatishning JSHDS solinmaydigan summasi SKda belgilangan darajaga qaytariladi - MHEKMning 4,22 baravari;
- mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun ijtimoiy soliqning stavkasi ilgarigidek - 12% boʻladi;
- umumiy ovqatlanish korxonalari va binolarni ijaraga berishga ixtisoslashgan korxonalar imtiyozlar taqdim etilgunga qadar kabi, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlaydi;
- jismoniy shaxslar koʻchmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar boʻyicha daromad soligʻini toʻlashni tiklashadi;
- soliq solish maqsadlarida turar joyi va avtotransportini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari qoʻllaniladi;
- DSQ SKda belgilangan muddatlarda soliq hisobotini taqdim etmaganlik uchun jarima solishni boshlaydi.
2021-yil 1-yanvardan boshlab amal qilishi toʻxtatiladigan imtiyozlar va preferensiyalarning toʻliq roʻyxatini bu yerda koʻrish mumkin.