Bu haqda “Oʻzenergoinpeksiya” matbuot xizmati maʼlum qildi. Unga koʻra, 11 milliard 338 million soʻmlik elektr energiyasi va 3 milliard 560 million soʻmlik tabiiy gaz talon-toroj qilingan. Mazkur holatlar sababli davlat manfaatiga keltirilgan 14 milliard 898 million soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.
Noqonuniy holatlarning aksariyati Samarqand, Fargʻona va Andijon viloyatlariga toʻgʻri keladi.
Hozirda mazkur holatlar boʻyicha tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga yuborilgan.