Tekshiruv davomida ushbu mashinada yoʻlovchi boʻlgan, 1994-yilda tugʻilgan fuqaro M.V. 106 dona (hech qanday tegishli hujjati boʻlmagan, diniy mazmundagi) arab yozuvida yozilgan qadimiy kitobni Toshkent shahriga olib ketayotgani aniqlangan, deya xabar beradi Toshkent viloyati YHXB Axborot xizmati.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, ekspertiza ham tayinlangan.