Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman boʻlimi tomonidan DXXning Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazdi. Tadbir davomida fuqaro Sh.S. 100 ming soʻmlik kupyuradagi jami 48,9 mln soʻm qalbaki pullarni oʻtkazish maqsadida yonida olib yurgan vaqtida ushlandi.

Uning koʻrsatmasiga asosan ijarada yashab kelayotgan xonadoni koʻzdan kechirildi. Sh.S.ning sheriklari M.Oʻ., S.M. va A.A.lar tomonidan kompyuter texnikasi yordamida tayyorlanib, rangli printerda chop etilgan yana 2,5 mln soʻm qalbaki pullar mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.