Vazirlar mahkamasining "Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi" qarori bilan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga 63-3-band qo'shilgan edi.
Unga ko'ra, 2023 yil1 noyabrdan boshlab xonadonida o'rtacha iste'mol miqdoridan ko'p elektr energiyasi ishlatuvchi iste'molchilar tabaqalashtirilgan tarzda yuqoriroq tarifda haq to'lay boshlaydi.
Elektr energiyasining quvvati o'rtacha oylik iste'mol miqdoridan oshib ketgan III guruh (xonadonlar) iste'molchilariga
— 1001 kWhdan 5000 kWhgacha iste'mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar;
— 5001 kWhdan 10 000 kWhgacha iste'mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar;
— 10 000 kWhdan yuqori iste'mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 4 barobar o'suvchi koeffitsient qo'llaniladi.