“Prezident sovgʻasi” tarkibiga 20 turdagi shirinlik, 3 turdagi oʻquv qurollari va 2 turdagi jihozlar kiritilgan.
“Prezident sovgʻasi” Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, viloyatiga “Uzbekistan Airways” AJ samolyotlari orqali va qolgan viloyatlarga avtotransport orqali yetkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan hozirlangan sovgʻalar hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30-dekabr kunlari yetkazib beriladi.
Eslatib oʻtamiz, 2020-yilgi “Prezident archasi” tadbirlari COVID-2019 virusi bilan bogʻliq vaziyatni inobatga olgan, bolalar sogʻligini asrash maqsadida karantin talablariga qatʼiy rioya etgan holda tashkil etiladi.