Joriy yil ham ushbu odatga sodiq qolgan holda, bir qancha mahkumlarga nisbatan engilliklar berilmoqda.

Xususan, 2020 yil 28 avgust kuni Namangan viloyat televediniyasi bilan hamkorlikda Namangan tuman IIB Probatsiya guruhida ro'yxatda turib, jazo o'tayotgan 1 nafar ayol va 7 nafar yoshlar muddatidan oldin ozod qilish to'g'risidagi iltimosnomalari ko'rib chiqildi.

Mahkumlar jazoni qonunda belgilangan qismini amalda o'tagani, mehnatga halol munosabatda bo'lgani, ma'muriy va intizomiy javobgarlikka tortilmagani, yashash va ish joylaridan ijobiy tavsiflangani inobatga olinib, O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan shartli ravishda ozod qilindi.

SH.Ahmedov,

Jinoyat ishlari bo'yicha Namangan tuman sudining raisi