Tadbirda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov ham ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan muloqot qildi. Vazir “Kubik-rubik” musobaqasi ishtirokchisi 11 yoshli Axmadjonga oʻzining esdalik sovgʻasini topshirib, uning orzusini roʻyobga chiqardi.  

Tadbir soʻngida musobaqa gʻoliblari esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.