114 yoshli Hayit momoga tugʻilgan haqida guvohnoma berildi

    Ijtimoiy hayot 13 May 2022 3255

    Mirishkor tuman Yuksalish mahallasida yashovchi Hayit Bayramova 114-yildan buyon shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz yashab kelgan.

    114 yoshli Hayit momoga tugʻilgan haqida guvohnoma berildi.

    Mirishkor tuman Yuksalish mahallasida yashovchi Hayit Bayramova 114-yildan buyon shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz yashab kelgan. Hayit momoning farzandi Mirishkor tuman Adliya boʻlimiga 1908-yilda tugʻilgan onasining tugʻilganlik faktini belgilashda amaliy yordam soʻrab murojaat etgan. Adliya toʻplangan hujjatlarni FIB Kasbi tumanlararo sudiga kiritgandi.

    Shundan soʻng boʻlib oʻtgan sayyor sudda Hayit Bayramovaning tugʻilganlik fakti belgilangandi. Hayit Bayramovaga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi.