Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani ham uydan chiqmagan holda olish mumkin

    1 ish kunida taqdim etiladigan tug'ilganlik haqidagi guvohnomani o'zingiz uchun qulay vaqtda pochta orqali olsangiz bo'ladi.

    Vaqtingizni davlat tashkilotlariga borish, navbatda turish yoki qog'oz hujjatlarni to'ldirishga sarflamang. Raqamli hukumat Siz uchun davlat xizmatlaridan foydalanishni imkon qadar sodda va qulay qilmoqda.

    Osongina ariza yo'llash va guvohnomani masofadan olish uchun my.gov.uz dan foydalaning.

    Buning uchun sizdan hech qanday hujjat talab etilmaydi.

    Bundan tashqari, my.gov.uz orqali ariza holatini kuzatish imkoniyati ham bor. Natijada siz jarayondan doimiy xabardor bo'lib turasiz.

    1 ish kunida taqdim etiladigan tug'ilganlik haqidagi guvohnomani esa o'zingiz uchun qulay vaqtda pochta orqali olsangiz bo'ladi.

    Ma'lumot uchun: ushbu davlat xizmatidan ota-ona endi dunyoga kelgan go'daklari uchun ilk bor guvohnoma olishda foydalanishlari mumkin.

    Boshqa holatlar uchun my.gov.uz da tug'ilganlik haqida takroriy guvohnoma olishga ariza berish xizmati mavjud!