12-avgust — Xalqaro yoshlar kuni

    Keyingi avlod 12 Avgust 2020 4863

    1999-yil 17-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi oʻzining 54/120-sonli rezolyutsiyasi bilan Xalqaro yoshlar masalasi bilan shugʻullanuvchi vazirlar konferensiyasining 12-avgustni Xalqaro yoshlar kuni deb eʼlon qilish haqidagi tavsiyasini maʼqulladi.

    Ushbu kunda jahon hamjamiyatining diqqat-eʼtibori yoshlarga oid masalalarga yana bir bor qaratiladi.

    Eslatib oʻtamiz, milliy qonunchiligimizga koʻra 30-iyun Oʻzbekiston Respublikasida Yoshlar kuni etib belgilangan.

    Shuningdek, joriy yil 30-iyunda Prezident Farmoniga asosan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi.