Serial melodrama janrida boʻlib, 120 qismdan iborat. Unda aka-uka va doʻstlik munosabatlarini asrab-avaylash, oilaviy anʼanalarni qadrlash, mehr-oqibatli boʻlish kabilar bosh qahramon Qodirxon misolida ochib beriladi.
Postanovkachi rejissyor Nusrat Abdurasulov, ssenariy muallifi va ikkinchi rejissyor Muslim Ali, prodyuser Baxtiyor Fattohov, operator Tohir Abdullayev, badiiy rahbar Musaxon Nurmatov, montaj rejissyori Hojiakbar Nurmuhammedov.
“Qodirxon” serialida rollarni Mirza Azizov, Muqaddas Xoliqova, Munavvara Abdullayeva, Behzod Muhammadkarimov, Hamid Toshpoʻlatov, Boir Xolmirzayev, Barno Qodirova, Gulbahor Dadamirzayeva, Asal Shodiyeva kabi mahoratli aktyorlar ijro etmoqda.
Hozirda serialning syomka jarayonlari davom etmoqda, dekabr oyidan boshlab “Mening yurtim” telekanalida namoyish etilishi rejalashtirilgan.









