Xabarda aytilishicha, Andijon, Olot, Zomin, Paxtakor, Forish, Uchqoʻrgʻon, Qoʻshrabot, Urgut, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Sirdaryo, Guliston tumanlari hamda Yangiyer shahar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, soliq qarzini majburiy undirishga qaratishda yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklari uchun Asaka, Chiroqchi, Mingbuloq, Urgut, Mirzaobod, Sardoba, Bagʻdod, Qumqoʻrgʻon tumanlari hamda Quvasoy va Jizzax shahar davlat soliq inspeksiyalari boʻlim boshliqlari lavozimidan ozod etildi.

Savdo va xizmat koʻrsatish sohasida “Soliq hamkor” tizimi orqali tushgan murojaatlar bilan ishlash hamda ushbu yoʻnalishda nazorat tadbirlarini amalga oshirishdagi jiddiy xato va kamchiliklari uchun Nukus, Jizzax va Andijon shaharlari, Gʻijduvon, Chiroqchi, Karmana, Pop, Urgut hamda Bekobod tumani davlat soliq inspeksiyalari Sayyor soliq tekshiruvlari boʻlim boshliqlari ham lavozimidan ozod etildi.

Qashqadaryo va Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmalari, Kogon hamda Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasi rahbarlariga nisbatan navbatdagi intizomiy jazo choralari belgilandi, deyiladi xabarda.