Qayd etilishicha, 2024-yilda Oʻzbekiston aholisi dori-darmonlarga 19,7 trillion soʻmdan ortiq mablagʻ sarflagan. Shundan 15,7 trln. soʻmdan ortiq mablagʻ import qilingan va qariyb 4 trln. soʻm mahalliy dori vositalariga sarflangan.
Aholi jon boshiga dori-darmon uchun eng yuqori xarajatlar Toshkent (1,7 mln. soʻm), Buxoro (746 ming soʻm) va Samarqand (660,7 ming soʻm) viloyatlarida qayd etilgan. Dori-darmonlar uchun eng kam xarajatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasida (308,9 ming soʻm), Qashqadaryo (302,3 ming soʻm) va Surxondaryo (289,5 ming soʻm) viloyatlarida qayd etilgan.
Umuman olganda oʻtgan yili dori-darmon uchun eng koʻp mablagʻ Toshkent shahri (5 trln. soʻm), Samarqand (2,6 trln. soʻm) va Fargʻona (1,5 trln. soʻm) viloyatlarida sarflangan.
Respublika hududlari orasida eng kam xarajatlar esa Jizzax (536 mlrd soʻm), Navoiy (490 mlrd soʻm) va Sirdaryo (442,5 mlrd soʻm) viloyatlariga toʻgʻri keladi.
Shuningdek Soliq qoʻmitasi dori vositalari majburiy markirovka qilish lozimligini va dori vositalari markirovkasining haqiqiyligini soliq mobil ilovasi orqali tekshirish mumkinligini eslatdi.