Oliy sud matbuot xizmati shu yil 18-oktyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Boʻstonliq tuman sudida Sh. Sh.ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilinganini maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, Sh. Sh. 1993-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan boʻlib, Qibray tumani Qoʻriqlash boʻlimi safdor-xodimi, jinoyat sodir etilgan paytda ishsiz boʻlgan.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishi Boʻstonliq tuman sudining sudyasi J.Xojayev raisligida yopiq sud majlisida koʻrib chiqildi.

Sud hukmiga muvofiq Sh. Sh. Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismida (Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxsning nomusiga tegish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilingan.