Davlat soliq qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, shu yilning 1-yarmida tegishli ravishda deklaratsiya taqdim etganlarga "kontrakt" to'lovi uchun 175,2 milliard so'm daromad solig'i qaytarildi. Unga ko'ra, joriy yil 1-yarmida:
491 938 nafar fuqaro deklaratsiya taqdim etdi;
deklaratsiyalar asosida to'langan soliq summasi 150,8 milliard so'mni tashkil etdi;
79 685 nafar fuqaro deklaratsiyalarni elektron shaklda topshirdi.
O'tgan yilning 1-yarmiga nisbatan:
deklaratsiya taqdim etish 110,2% (446 606 nafar);
deklaratsiyalar asosida to'langan soliq summasi 3 barobar (49,8 mlrd so'm);
deklaratsiyalarni elektron shaklda topshirish 23 barobar (3 469 nafar) o'sdi.
2022-yil dastlabki 6 oyida:
JSHODS imtiyozlaridan foydalangan 161 518 nafar fuqaroga 202,6 milliard so'm daromad solig'i qaytarildi.
SHundan, "kontrakt" to'lagan 135 325 nafar fuqaroga 175,2 milliard so'm (84%) qaytarildi.