Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Namangan viloyati filiali xodimlari tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, bepul sugʻurta polisi va xizmat koʻrsatish shartnomasi rasmiylashtirildi. Mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tarqatma materiallar berildi.
Vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketgan fuqarolarning transport, ovqatlanish, patent va yashash xarajatlari, agarda ishchi koronavirus bilan kasallansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan taʼminlanishi belgilangan, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.
Shuningdek xabarda oʻtgan davrda Agentlik tomonidan Rossiya Federatsiyasining Amur oblastidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishi uchun Namangan viloyatidan 500 dan ortiq fuqarolar ishga yuborilganligi maʼlum qilinadi.