— Oldimizda salkam 2 hafta vaqtimiz bor. Agar ikki hafta davomida xuddi shu dinamika qayd etilsa, yaʼni oʻtgan kunlarda kasallik qayd etilishi 700 dan oshgan boʻlsa va bugun 513 taga tushgan boʻlsak, keyingi kunlarda 500, 450 qayd etilib, shu raqamlar atrofida kasallik aniqlansa, albatta, 15-avgustdan keyin karantinni yumshatsa boʻladi.

Biz ushbu taklif bilan Respublika maxsus komissiyasiga chiqishimiz mumkin.