Joriy yilning birinchi yarim yilligida 2 mln. 619 ming gektar qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarida qariyb ikki martadan fitosanitar monitoring va dala nazorati oʻtkazilib, 183 ming 860 ta dala nazorati dalolatnomalari rasmiylashtirildi. 2022-yil davomida import qilingan mahsulotlarda 118 ming 83 ta laboratoriya ekspertizalari oʻtkazilib, 260 ta holatda 14 turdagi karantin obyekti aniqlangan. Eksport mahsulotlarida esa 96 ming 742 ta ekspertiza oʻtkazilib, 266 ta holatda 9 turdagi karantin obyektlari aniqlandi. 492 tonna va 4 387 dona zararlangan import mahsulotlar eksportyor davlatlarga qaytarildi hamda 8,76 tn va 2 657 dona mahsulot yoʻq qilindi.
Xususiy sektorda qoʻshimcha yangi 2 256 nafar doimiy va 15 500 nafar mavsumiy ishchi oʻrni yaratilib, “Oʻzagrokimyohimoya” aksiadorlik jamiyati va uning boʻlinmalarida ishlagan ishchi-xodimlar toʻliq ish bilan taʼminlandi.
Qoʻshimcha 181 ta biolaboratoriyalar tashkil etilib, 700 taga yaqin biolaboratoriyaning faoliyati toʻliq yoʻlga qoʻyildi. Alohida xonadonbay ish tizimi tashkil etilib, 1 336 ta xonadonda biolaboratoriya shaxobchalari tashkil etildi hamda 2 572 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. 354 ta oʻsimlik klinikalari tashkil etilib, ularning soni 859 taga yetkazildi. Alohida 257 ta aholi xonadonlariga xizmat koʻrsatuvchi oʻsimliklarni himoya qilish otryadlari tashkil etildi hamda shu hisobdan 514 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Xalqaro ilgʻor tajribalar, innovatsion texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha agronom-inspektorlar malakasini muntazam oshirib borish maqsadida Rossiya, Xitoy, Misr, AQSH, Turkiya, Chili, Latviya, Ozarbayjonlik mutaxassislar ishtirokida oʻquvlar oʻtkazildi. Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti vakillarining malakasini oshirish maqsadida rivojlangan mamlakatlarga xizmat safarlari amalga oshirildi. Maʼlumot uchun, ayni vaqtda yana 11 nafar mutaxassis Buyuk Britaniyada “CABI” Qishloq xoʻjaligi va biologiya fanlari xalqaro markazida tajriba almashmoqda.
Kinolog-mutaxassislar va detektor-xizmat itlari yordamida joriy yilning birinchi yarim yilligida 437 ta qonunbuzilish holati aniqlanib, 4 ming 34 kilogram, 22 626 dona karantin ostidagi mahsulot yoʻq qilingan.
Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati tomonidan 869,9 ming gektar maydonda zararli chigirtka oʻchoqlarini aniqlash kuzatuv-nazorat ishlari amalga oshirildi. 346,7 ming gektar maydonda kimyoviy ishlov oʻtkazildi. Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati hamda Agrokimyoviy tahlil markazining faoliyatini raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mineral oʻgʻitlar nazorati boʻyicha oʻgʻit va kimyoviy vositalarning ulgurji va chakana savdo faoliyatini “toʻliq zanjir”li nazoratini litsenziyalash va importni ruxsatnoma asosida tashkil etish masalasi koʻrib chiqilmoqda. Natijada pestitsidlar va mineral oʻgʻitlarni roʻyxatga olish va nazoratini xalqaro talablar asosida qayta tashkil etishga; ularning importi, savdosi va foydalanish samaradorligini qadoqlarni maxsus QR kodlash orqali nazoratga olindi.
Bugungi kunda Ozarbayjon, Polsha, Indoneziya, Misr va Qatar davlatlari bilan sohada oʻzaro hamkorlik bitimlarini tuzish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda. Koreyaga uzum, Xitoyga uzum, loviya va quritilgan qovun, Indoneziyaga gilos, AQSHga qovun, Pokistonga olxoʻri, shaftoli, oʻrik, gilos va anor mahsulotlari eksporti uchun fitosanitar ruxsat olish yuzasidan ishlab amalga oshirilyapti.