Rossiyaning davlat chegarasini kesib oʻtayotganda kiruvchilar koronavirus infeksiyasi kasalligi yoʻqligi toʻgʻrisidagi tibbiy hujjatni sanitariya-karantin boʻyicha nazorat qiluvchi mansabdor shaxslarga rus yoki ingliz tilida koʻrsatishlari shart.

Rossiya Federatsiyasiga kelishidan uch kalendar kun avval tanlangan immunoglobulin antikorlarini tasdiqlovchi tibbiy hujjatlar ham koʻrsatilishi zarurligi «Rostpodrebnadzor» rahbari Anna Popova imzolagan hujjatda qayd etilgan. Unga koʻra, koronavirus uchun salbiy testni tasdiqlovchi bunday sertifikat boʻlmasa, tadqiqot Rossiyada uch kalendar kunida yakunlanishi kerak. 

Taʼkidlanishicha, tekshiruv uchun toʻlovlarni toʻlash Rossiya qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi. Endi Rossiya fuqarolari oʻz vatanlariga kelgan kundan boshlab uch kun ichida koronavirus infeksiyasi uchun majburiy PCR testini ham oʻtkazishi kerak.

Shuningdek, 15-iyuldan boshlab Rossiyada chet eldan kelgan barcha fuqarolar uchun majburiy ikki haftalik izolyatsiya ham bekor qilinadi.