Braziliyada 15-yanvardan boshlab koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi ishlab chiqariladi. Bu haqda vaksinaning “Twitter“dagi sahifasida maʼlum qilindi.
“Braziliya 15-yanvardan “Sputnik V“ni ishlab chiqarishni boshlaydi”, – deyilgan xabarda.
Avvalroq Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bilan hamkorlik qiluvchi Braziliyaning “Uniao Quimica” farmatsevtika kompaniyasi matbuot xizmati mamlakatga ishlab chiqarish uchun kerakli hujayra materiali olib kelinganini maʼlum qilgan edi.
Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini avgust oyida roʻyxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda. Vaksina ayni paytda oʻzining xavfsizligi va samaradorligini isbotlagan. Shuningdek, vaksinada uzoq kuzatiluvchi salbiy oqibatlar mavjud emasligi oʻz isbotini topgan.