Tanaffusdan so‘ng tatamiga qaytgan hamyurtimiz musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, barcha bellashuvlarini muddatidan avval ippon bahosi bilan yakunladi.
-52 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan dzyudochimiz finalda ozarbayjonlik Farida Mirzayevani mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Ushbu natija Diyora Keldiyorovaga xalqaro reyting uchun 100 ochko taqdim etdi.